Saudiya Arabistoni asoschisining o‘g‘li shahzoda Talal bin Abdulaziz 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Shahzoda umrining oxirgi oylarida og‘ir xastalikka chalindi. U 2018-yil boshida podshohlikdagi aksilkorrupsiyaviy tozalash davomida o‘g‘li Al-Valid va uning ikki ukasi hibsga olinganidan so‘ng ochlik e’lon qilgandi. Hibsga qadar Al-Valid dunyoning eng boy odamlari qatoriga kirar, biroq keyingi surishtiruvlar va jarima to‘laganidan keyin mol-dunyosining katta qismini yo‘qotgandi.
Shahzoda Talal o‘tgan asrning 50-60 yillarida Saudiya Arabistoni aloqa va moliya vaziri lavozimini egallagan, shuningdek, milliy aviakompaniyani nazorat qilardi. U umrining oxirigacha monarxiyani cheklash tarafdori bo‘lib kelgan, o‘zining qarashlari tufayli “Qizil shahzoda” degan nom olgandi.
Izoh (0)