16-dekabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 17-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv yakuniga yetdi.
Unda Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limning 24-daqiqasida Sadio Mane mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 33-daqiqada Jessi Lingard hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Jerdan Shaqiri Nabi Keyta o‘rniga maydonga tushdi. Aynan Shaqiri 73 hamda 80-daqiqalarda 2 ta gol urib, jamoasing g‘alabasini ta’minladi.
Natijada “Liverpul” o‘z ochkolarini 45 taga yetkazib oldi va birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
APL
17-tur bahsi
16-dekabr, yakshanba
“Liverpul”—“Manchester Yunayted” 3:1
Gollar: 1:0 – 24 Mane, 1:1 – 33 Lingard, 2:1 – 73 Shaqiri, 3:1 – 80 Shaqiri.“Liverpul”: Alisson, Lovren, Robertson, Klayn, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Keyta (Shaqiri, 70), Mane (Henderson, 84), Saloh, Firmino.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Darmian, Lindelyof, Yang, Bayi, Errera (Marsial, 79), Lingard (Mata, 85), Matich, Diogu Dalot (Fellaini, 46), Reshford, Lukaku. Preduprejdeniya: Diogu Dalot (26), Lukaku (40).
Lingardning goli
Shaqirining 1-goli
Shaqirining 2-goli
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)