Rossiya parlamentariylari guruhi Davlat dumasiga Runet dunyoviy tarmoqdan uzib qo‘yilgan taqdirda segment ishini ta’minlovchi qonun loyihasini kiritdi, deb yozadi “TASS”.
Hujjat xorijiy tub internet-serverlar o‘rnini bosuvchi maxsus infratuzilmani yaratishni ko‘zda tutadi.
Qonun yaratuvchilar bu choralar rossiyalik foydalanuvchilar tomonidan chetga uzatiluvchi ma’lumotlar hajmini sezilarli darajada kamaytirishini ta’kidladi.
Domen nomlari milliy tizimi yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Uning yaratilishi va reglamentini “Roskomnadzor” nazorat qiladi.
Qonun loyihasi 2018-yilning kuzida qabul qilingan AQSh milliy kiberxavfsizlik strategiyasiga javob bo‘ldi. Unda Rossiya xakerlik hujumlari uyushtiruvchi agressor mamlakatlarga qo‘shilgan.
Izoh (0)