Dekabr oyining o‘rtalarida noyob astronomik hodisa, yirik yulduzlar yog‘dusi va Virtanena kometasining Yerga yaqinlashishiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Kometa sayyoraga 11,5 million kilometrga yaqinlashadi, kosmik o‘lchamlarga ko‘ra bu masofa mikroskopik sanaladi.
Virtanenaning yorug‘ligi taxminan 3—4 yulduzli kattalikka ega, u o‘zining chiroyli och yashil yoritgichi bilan ajralib turadi. Yulduzlar fonida kometa juda tez harakatlanadi. U Oy diametriga teng yo‘lni bosib o‘tadi.