Sankt-Peterburg prokuraturasi O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasini tasdiqladi. Yigitlar ulardan birining sobiq sevgilisini o‘g‘irlab ketgan va do‘pposlagan, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Tergov versiyasiga ko‘ra, ayblanuvchi tanishi u bilan aloqalarini yana yo‘lga qo‘yishni rad etgandan so‘ng, jabrlanuvchini o‘g‘irlash uchun boshqa ayblanuvchilar bilan oldindan tik biriktirgan.
Ular shu maqsadda 2018-yilning iyulida ayol yashaydigan joyga kelib, uni chiqishini kutib turgan. Jabrlanuvchi uyidan chiqqanligini ko‘rgach, uni tutib olib, avtomobilga o‘tqizgan. U yerda ayol tanasining turli qismlariga 5 marta zarba bergan.
Ayblanuvchilar jabrlanuvchi bilan birgalikda jinoyat joyini tark etgan, biroq YHXDI xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qo‘lga olingan va politsiya bo‘limiga yetkazilgan.
Dastlabki tergov davomida jabrlanuvchi ayblanuvchilarga yordam berish maqsadida o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirgan, biroq ish bo‘yicha to‘plangan dalillar majmuasi boshqa xulosaga kelish imkonini bergan.
Izoh (0)