Braziliyada erkak katolik cherkoviga qurol bilan kirdi va to‘rt kishiga qarata o‘q uzdi, shundan so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy OAVlariga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
Ismi noma’lum bo‘lgan erkakda ikkita o‘qotar qurol bo‘lgan. U cherkovga kunduzi bostirib kirgan va ibodat qilayotganlarga qarata o‘t ochgan. Shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.
Hujum San-Pauludan 100 kilometr masofada joylashgan Kampinas sanoat shahrida yuz bergan. To‘rt nafar keksa odam og‘ir jarohatlangan, biroq tirik qolgan. Hozirda ular shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)