• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Atom energetikasi O‘zbekistonga nima uchun kerak?

    O‘zA O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktorining o‘rinbosari, texnika fanlari doktori Ilhom Sodiqovning “Atom energetikasi O‘zbekistonga nima uchun kerak?” sarlavhali maqolasini e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    So‘nggi 20 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi qariyb 2,5 barobar ko‘paydi hamda 2017 yil yakuniga ko‘ra, 33,5 foizni tashkil etdi. 2011 yilda bu ko‘rsatkich 14,1 foiz edi.

    Mamlakatimizda sanoatning kimyo, neft-kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, metallarni qayta ishlash kabi zamonaviy tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Ularning barchasi katta hajmdagi energiya resurslarini talab etadi. 2000-yilda respublikamizda umumiy elektr energiyasi iste’molida aholining ulushi 13,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich qariyb ikki barobar ortib, 26,5 foizni tashkil etmoqda.

    Ko‘rinib turganidek, elektr energiyasi iste’moli tobora o‘sib bormoqda, uni ishlab chiqarish esa ancha orqada qolyapti. Bugungi kunda mamlakatimizda mavjud energiya tizimlarining quvvati 14,15 GVtni tashkil etadi. Uning 87 foizi issiqlik elektr stansiyalari (IES va IEM)da ishlab chiqariladi. Ulardagi uskunalarning asosiy qismi (qariyb 81 foizi) eskirgan energobloklar bo‘lib, ular 1939-yildan 1995-yilgacha bo‘lgan davrda ishga tushirilgan, faqat 19,2 foizigina nisbatan zamonaviy energobloklar hisoblanadi (2004-2017 yillarda ishga tushirilgan).

    Yuqorida bayon etilgan sharoitlar elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaydigan yirik quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha tezkor choralar qabul qilishni taqozo etmoqda.

    Vujudga kelgan vaziyatda O‘zbekistonda “Rosatom” korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan SSER-1200 atom reaktorlari negizida umumiy quvvati 2,4 Gvt bo‘lgan ikki blokdan iborat ilk atom elektr stansiyasini qurish o‘z vaqtida qabul qilingan qaror bo‘ldi. Mamlakatimizda atom energetikasini rivojlantirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlik atom energetikasini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.

    Savol tug‘ilishi tabiiy: atom elektr stansiyasi nima uchun kerak va nega aynan “Rosatom” tanlandi?

    Gidro va issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasi ishlab chiqarishning an’anaviy manbalari hisoblanadi. Uchinchi o‘rinda yadro energetikasi turadi, qayta tiklanadigan energiya manbalari (quyosh, shamol, bioyoqilg‘i, gidrotermal manbalar)dan foydalanish ulushi tobora o‘sib bormoqda.

    Bugungi kunda mamlakatimizda gidro elektr stansiyalardan foydalanish imkoniyati deyarli poyoniga yetdi. Qurilayotgan va qurilishi rejalashtirilayotgan kichik GESlar yuzaga kelgan holatni jiddiy o‘zgartira olmaydi. 2017 yil aprel oyida O‘zbekiston Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shildi. Unga ko‘ra, mazkur kelishuvga a’zo mamlakatlar atmosferaga karbonat angidrid gazini chiqarishni kamaytirish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarini ishga solishi lozim. Bu hozirgi kunda O‘zbekistonda ulushi 87 foizni tashkil etgan issiqlik elektr stansiyalaridan foydalanishni qisqartirishni nazarda tutadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari jadal rivojlanib borayotgani, ekologik toza va xavfsiz ekaniga qaramay, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxining qimmatligi, barqaror emasligi va samaradorligi pastligi sababli ular energiya tanqisligi muammosini hal eta olmaydi. Shu bois ham atom energetikasini rivojlantirish biz uchun ayni muddaodir.

    Bugungi kunda, yuqorida ta’kidlanganidek, atom energetikasi dunyo elektr energetikasida uchinchi o‘rinni egallaydi. AESda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha AQSH to‘liq yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatda mavjud yuzta energoblokda 100,3 Gvt elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu dunyodagi barcha AESlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. Bu borada ikkinchi o‘rinni egallagan Fransiyada 58 energoblokda 63,1 Gvt elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu mamlakatda ishlab chiqariladigan umumiy elektr energiyasi hajmining 70 foizidan ortiqdir. Dunyoning yana 12 davlatida mazkur ko‘rsatkich 30 foizdan oshadi. Atom elektr stansiyalari qurilishining jadal rivojlanib borayotgani Osiyo mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Dunyo mamlakatlarida barpo etilayotgan 60 energoblokning 39 tasi Osiyo qit’asiga to‘g‘ri keladi.

    Hozirgi kunda “Rosatom” davlat korporatsiyasi AES qurish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Ayni paytda mazkur korporatsiya ishtirokida 11 mamlakatda 32 energoblok bunyod etilmoqda (bu dunyo miqyosida qurilayotgan AESlarning yarmidan ko‘pidir). Ekspertlarning fikricha, 3+ avlodiga mansub SSER-1200 atom reaktori eng xavfsiz yadro energetika qurilmasi hisoblanadi.

    Xavfsizlik, ekologiya, iqtisodiy samara va ijtimoiy omil – shu to‘rtta jihat atom energetikasining asosini tashkil etadi.

    AESlarning xavfsizligi shu bilan izohlanadiki, bugungi kunda atom reaktorlari qariyb 30 ta faol va passiv himoya bosqichlariga ega. Terrorchilik harakatlarini bartaraf etish maqsadida kuchli himoya e’tiborga olingan. Atom elektr stansiyasining tashqi qobig‘i uning ustiga samolyot tushganda ham dosh beradi.

    Chernobil va Fukusimadagi halokatlarga keladigan bo‘lsak, ushbu reaktorlar o‘tgan asrning 60-yillarida barpo etilgan edi. Chernobil AES halokatining asosiy sababi inson omili bo‘lgan, Fukusima AESda esa yuz yilda bir marta yuz beradigan tabiiy ofat va uni loyihalashtirishdagi xatolar halokatga sabab bo‘lgan.

    O‘tgan 50-60 yillarda yadro texnologiyalari ancha ilgarilab ketdi. 3+ avlodidagi SSER-1200 reaktorlarida inson omili mutlaqo bo‘lmaydi, ular ko‘p bosqichli faol va passiv himoya qatlamiga ega bo‘lib, bu yuqoridagi avariyalar sodir bo‘lishiga deyarli yo‘l qo‘ymaydi.

    Ekologiya masalasiga kelsak, AESdan foydalanish atmosferaga karbonat angidrid gazi, is gazi, azot oksidlari va oltingugurt ajralib chiqishini istisno qiladi. Ekspertlarning fikricha, atom energetikasidan voz kechilib, bugungi kunda AESlar ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini hosil qilish vazifasi to‘liq issiqlik elektr stansiyalariga yuklansa, har yili atmosferaga qo‘shimcha 380 million tonna karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.

    O‘rtacha quvvatdagi IESni ko‘mir yoqilg‘isida ishlatish uchun 6 million tonna ko‘mir kerak bo‘ladi. Buning natijasida har yili 20 million tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi, 2 million tonnagacha kul, jumladan, deyarli nazorat qilib bo‘lmaydigan uchar kul ajralib chiqadi. Shunday quvvatdagi AESdan foydalanganda esa 50 tonnagacha radioaktiv chiqindilar paydo bo‘ladi, ular to‘liq nazorat ostida bo‘ladi, chunki yerga ko‘milib, qo‘riqlanadi. Ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi, dunyoda shakllangan amaliyotga ko‘ra, uni tayyorlagan mamlakatga jo‘natiladi. Uni utilizatsiya qilish narxi ko‘mirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari chiqindisidan ancha past, shu bilan birga, issiqlik stansiyalarida chiqindilar hajmi AESnikidan yuz, hatto ming barobar ko‘pdir. Hatto IESdan chiqadigan radioaktiv moddalar AESdan chiqadigan radioaktiv moddalarga nisbatan 10-11 baravar ko‘p. AESdagi mazkur chiqindilar asosan kam yashaydigan radioaktiv inert gazlar hisobidan bo‘lsa, IESdan ajralib chiqadigan chiqindilar ko‘pincha uzoq yashovchi radioaktiv, yuqori darajada zaharli og‘ir metallardan iborat bo‘ladi.

    Masalaning iqtisodiy jihatiga keladigan bo‘lsak, atom stansiyalarida elektr ishlab chiqarish tannarxi (boshlang‘ich investitsiyalarni hisobga olmaganda) issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr tannarxidan arzon, muqobil energiya manbalaridan foydalangandan esa ancha arzondir. Shuni ham ta’kidlash joizki, IES bilan taqqoslaganda AESda kilovatt-soat narxida yoqilg‘ining ulushi ancha kamdir.

    Uglevodorodlar asosida elektr hosil qilishda yoqilg‘i tannarxining ulushi 60-70 foizni tashkil etadi, demak elektr energiyasining narxi uglevodorod narxining oshishi yoki pasayishi bilan bevosita bog‘liq. Bu, ayniqsa, uglevodorodlarga asoslangan elektr energiyasi energetika tizimining asosini tashkil etadigan mamlakatlar oldiga energiya xavfsizligi masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Chunki gaz yoki neft narxi 2 barobar qimmatlashsa, kvt-soat tannarxi ham kamida 60-70 foizga ortadi. Masalan, 10 yildan keyin tabiiy gaz yoki neft narxi qancha bo‘lishini hech kim bilmaydi. Ammo elektr ta’minoti uzluksiz va barqaror narxlarda bo‘lishi kerak. Shu bois ham aksariyat mamlakatlar bu kabi xatarlardan himoyalanish usullarini izlamoqda. Atom asosida elektr hosil qilishda uran tannarxining ulushi 4-5 foiz bo‘lib, bu uran narxining o‘zgarib turishi ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga deyarli ta’sir qilmasligini bildiradi. Biz “atom” kilovatti tannarxini ham bir necha yil oldinga bashorat qilishimiz mumkin va bu energiya tarifida barqarorlikni anglatadi. AESga kiritiladigan investitsiyalar keyingi bir necha o‘n yilda energiya arzon va xavfsiz bo‘lishiga kafolat beradi. Bu esa milliy iqtisodiyotdagi yirik sanoat obyektlari barqaror rivojlanishi va aholi uchun elektr energiyasi narxi barqaror bo‘lishini ta’minlaydigan muhim shartlardandir. Xalqaro atom energiyasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida uran iste’molining hozirgi sur’atida (yiliga qariyb 70 ming tonna) uning zaxirasi bir necha yuz yilga yetadi.

    Ijtimoiy ta’sir yangi ish o‘rinlari yaratilishi va kadrlar tayyorlanishida ifodalanadi. Atom elektr stansiyasi qurilishida 7-10 yil mobaynida 6-7 ming nafar odam ishlaydi. AES ishga tushirilganidan keyin esa u yerda 2,5 ming nafar yuqori malakali, katta ish haqi oladigan mutaxassislar mehnat qiladi. Hozirning o‘zidayoq bo‘lajak AES uchun kadrlar tayyorlash dasturi boshlangan. Joriy yilning sentyabr oyida 30 nafar yosh Moskva muhandislik-fizika institutida “Rosatom” davlat korporatsiyasi kvotalari bo‘yicha tahsil olishni boshladilar. 2019 yil sentyabrdan boshlab Toshkentda ilk talabalarni qabul qiladigan Moskva muhandislik-fizika instituti filialini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetida yadro fizikasi kafedralarini kengaytirish hamda Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik institutida yangi kafedralarni tashkil etish rejalashtirilgan. Mutaxassislarning xorijiy ilmiy markazlar, oliy o‘quv yurtlari va AESda malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlari ishlab chiqilmoqda. Kadrlar tayyorlash masalasida 60 yildan buyon tadqiqot atom reaktoridan foydalanish bo‘yicha ishlab kelayotgan malakali mutaxassislar mehnat qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga alohida e’tibor qaratiladi.

    Atom energetikasining rivojlanishi bilan yadro fizikasi va yadro texnologiyalari singari o‘zaro bog‘liq sohalar ham rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida turli kasalliklar, jumladan, onkologiya kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan 50 nomdan ortiq radiofarmatsevtika vositalari va ularga nofaol ilovalar ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda institut mamlakatimizdagi klinikalarning radiofarmatsevtika vositalariga bo‘lgan talabini to‘la qondirmoqda hamda ularni turli xorijiy mamlakatlarga eksport qilmoqda.

    Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, atom energetikasini rivojlantirish mamlakat aholisi va iqtisodiyoti tarmoqlarini arzon va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlabgina qolmay, infratuzilma, turdosh tarmoqlar, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

    11.12.2018, 20:29   Izoh (0)   36873
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

    11.12.2018, 19:53

    Farg‘onalik fuqaro 75 yoshida birinchi marta tug‘ilganlik haqida guvohnoma va pasport oldi

    11.12.2018, 19:45

    12-dekabr kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

    11.12.2018, 19:12

    Buxoroliklar Amu Buxoro kanalidan o‘tgan ko‘prikni tuzatishni so‘rashmoqda (foto)

    11.12.2018, 19:01

    Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki delegatsiyasi O‘zbekiston Markaziy bankiga tashrif buyurdi

    11.12.2018, 18:50

    Buxoro viloyat davlat soliq xizmati xodimlari maxsus sumkalar bilan ta’minlanadi

    11.12.2018, 18:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Beyonse, Gaga va Billi Aylishning pardozxonalari qanday ko‘rinishda va ular nimasi bilan odamlarni hayratga soladi?

    Madaniyat | 4 iyun, 20:50

    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi

    Reklama | 4 iyun, 19:30

    Vyetnamda “bir oilaga ikki farzand” siyosati bekor qilindi

    Dunyo | 4 iyun, 20:45

    O‘zbekistondan Rossiyaga yangi aviaqatnovlar qo‘yilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyun, 20:35

    Qashqadaryoda qiz talashgan yigitlarning ota-onasi jarima to‘laydigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 20:22

    Yaqin Sharqning eng go‘zal qirolicha va malikalari qanday ko‘rinishga ega?

    Layfstayl | 4 iyun, 20:11

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

    Reklama | 4 iyun, 18:00

    “Biz o‘zimizning imkoniyatimizga ishonamiz” – BAA bosh murabbiyi

    Sport | 4 iyun, 19:51

    Ispaniyada har to‘rtinchi fuqaro qashshoqlikdan aziyat chekmoqda

    Dunyo | 4 iyun, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.