Xitoy yomon ekologiya sababli har yili 10,1 milliard dollar yo‘qotmoqda. Bu haqda ETH Zurich tadqiqotiga tayanib, PV Magazine xabar bermoqda.
Mazkur summani mamlakat korxonalari energiya ishlab chiqarish uchun sarflamoqda. Vaholanki uni quyosh batareyalari yordamida ishlab chiqarishlari mumkin edi.
Tadqiqot mualliflari fikricha, Xitoy havosini zararli chiqitlardan to‘liq tozalash quyosh batareyalari va ular asosida ishlovchi elektr stansiyalari samaradorligini keskin oshirishi mumkin. Ular 2040-yilga kelib har yili soatiga qo‘shimcha 85—158 teravatt ishlab chiqarishi mumkin bo‘lar edi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, Xitoyning yaxshi atrof-muhitdan daromad qilishni boshlashi yaqin, biroq 2016-yilda rasmiylar tarmoqdagi uzilishlar sababli quyosh elektr energiyasi dasturini to‘xtatib qo‘ygan.
Izoh (0)