O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Bahodirjon Onorboyev Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: O‘zA

Bahodirjon Onorboyev 1971-yilda tug‘ilgan, 1993-yilda Toshkent davlat universitetini matematika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, texnika fanlari doktori.

U mazkur lavozimga tayinlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti Uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni muvofiqlashtirish masalalari sho‘basining mudiri lavozimida ishlab kelgan.