Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2019-yilning 1-aprelidan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va sheriklik kelishuvining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Ukraina yetakchisi kelishuv amal qilishining to‘xtatilishini alohida epizod sifatida emas, mamlakatning “mustamlakachilik o‘tmishi bilan aloqani tamoman uzish va Yevropa tomonga yo‘nalishni o‘zgartirish” strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidladi.
Poroshenko bu strategiyaning boshqa tarkibiy qismlarini Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiyasi to‘g‘risidagi kelishuv, MDHdan chiqish, Ukraina konstitutsiyasida NATO va Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘nalishini mustahkamlash, kuchli, vatanparvar va professional armiyani yaratish va boshqalar tashkil etishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)