O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom tafakkuri” jurnalining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
“Islom tafakkuri” jurnali diniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop nashr hisoblanib, yil mobaynida to‘rt marta o‘zbek, rus, ingliz va arab tilida, A 4 formatda, 96 bet hajmda, to‘liq rangli shaklda chop etiladi.
Jurnalda “Qur’onshunoslik”, “Lug‘atshunoslik”, “Mumtoz filologiya”, “Fiqh ilmi”, “Hadisshunoslik” ruknlari ostida ulamolar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, mutaxassislarning ilmiy-ommabop maqolalari, tadqiqot natijalari va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Jurnal Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar uchun chop etish tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Izoh (0)