Toshkent viloyatida 11 oy davomida Yong‘in xavfsizligi xizmati 17 207 ta xo‘jaligi korxonalaridan 3 027 tasining yong‘inga qapshi holatini to‘liq tekshirib chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati Yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lum qilgan.
Ro‘yxatga olingan 472 763 nafar fuqarolar uylaridan 539 757 tasini va 4 707 ta ko‘p qavatli uylardan 4 840 ta uy va undagi 127 688 ta xonadonlar yong‘inga qarshi holati to‘liq tekshirib chiqildi, 169 842 nafar fuqarolar uylari, 2 946 tasi ko‘p qavatli uylar va ulardagi 78 440 ta xonadonlar nazorat tartibida tekshirilib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruvlar mobaynida yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan 3 965 ta korxona va alohida xonalarning ishi vaqtinchalik to‘xtatildi, 22 159 ta nosoz elektr asbob-uskunalari, agregat va elektr tarmoqlaridan foydalanish ta’qiqlandi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 6 493 nafar mas’ul shaxslarga nisbatan 625 175 695 so‘m miqdorida jarima solindi.
2018-yilning 11 oyi mobaynida viloyat hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning umumiy soni 1 248 tani tashkil etib, halok bo‘lish holati 18 nafarni tashkil etib, tan jarohati olish holatlari 47 tani tashkil etgan. Yong‘in xavfsizligi xizmati amalga oshirgan ishlar natijasida jarohatlar, kuyish va fuqarolarning halok bo‘lish bo‘yicha holatlarni oldingi yilning mos davriga nisbatan kamayishiga erishildi.
Biroq, boshqarmaning ma’lum qilishicha, Toshkent viloyatida texnologik hodisalar oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 10 tani tashkil qilib, isitish pechlarni qurish va ishlatish qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 157 tagacha oshgan.
Toshkent viloyatida yong‘inlar soni va yong‘inlarda fuqarolarning tan jarohati olish hamda halok bo‘lish hollari ayrim shahar va tumanlarda o‘tgan yilgiga nisbatan ko‘paygan.
Izoh (0)