O‘zbekistonda yangi servis — Avtoelon.uz ishga tushdi. Uni Toshkentda Qozog‘istonning Kolesa Group kompaniyasi taqdim etdi, deb yozadi Sputnik.
Bu maydoncha avtomobillar, maxsus texnika va ehtiyot qismlarini sotishda sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni yengillashtirishga qaratilgan. Shuningdek, barcha istovchilar Android va iOS uchun mobil ilovalarni yuklab olishi mumkin.
Asosiy e’tibor mashina sotmoqchi yoki xarid qilmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga qaratilgan. Boshqa tomon bilan maxsus chat yoki ko‘rsatilgan telefon orqali bog‘lanish mumkin. Avtosalonlar takliflari uchun maxsus bo‘lim ishlab chiqilgan.
Izoh (0)