AQSh dengiz kuchlarining qo‘mondoni vitse-admiral Skott Stirni 1-dekabr kuni Bahrayn podsholigi hududida o‘z joniga qasd qildi, deb xabar berdi CNN.
Vitse-admiralning o‘limi bilan bog‘liq boshqa hech qanday ma’lumotlar yo‘q.
“2-dekabr kuni Bahrayn podsholigi hududida joylashgan uyida Skott Stir o‘lik holda topilgani haqida ma’lum qilgan”, — deyiladi xabarda.
AQSh va Bahrayn hukumatlari mazkur voqea yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborishgani aytilmoqda. Biroq, Skott Stirni o‘ldirilganiga shama qiluvchi dalilllar yo‘qligi aytilmoqda.
Skott Stirning vazifalarini vaqtincha kontr-admiral Pol Shliz bajaradi.
Ma’lumot uchun, AQSh dengiz kuchlarining beshinchi floti javobgar hududiga Fors ko‘rfazi va Hind okeanining bir qismi kiradi. Beshinchi flot Bahrayndagi bazada joylashgan.
Izoh (0)