Iqtisodiyot vazirligi “Davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada qisqartirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi loyihani qayta muhokamaga qo‘ydi, deb yozadi Spot.
Birinchi marta xuddi shunday nomlanishdagi hujjat may oyida chop etilgan edi. U loyiha bilan solishtirganda bu safargi loyiha ancha kengroq.
Loyihada 2019-yilning 1-yanvaridan O‘zbekistonda bozorda raqobatni cheklashga olib keluvchi ustav kapitalining 50 foizdan ortiq aksiyalari davlatga tegishli bo‘lgan davlat korxonalari, yuridik shaxslar va tijorat tashkilotlarini tashkil etishni taqiqlashni belgilab qo‘yish taklif etilmoqda.
Davlat, DUK va muassasalari, shuningdek assotsiatsiya va xoldinglari ishtirokidagi barcha aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining vazifa va funksiyalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda.
Loyiha bilan 15-dekabrga qadar batafsil tanishish va takliflar kiritish mumkin.
Izoh (0)