Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi S.I. va muqaddam sudlangan I.Z. 29-noyabr kuni “Baxt” mahallasida yashovchi L.L.ning uyiga mehmonga bor.
IIV axborotiga ko‘ra, shu kuni bu uyda uyda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yashovchi Sh.B. va E.Q. ham mehmon bo‘lgan. S.I. va I.Z. sirdaryolik mehmonlarni urib, ularning pullari va uyali telefonlarini olib ketgan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida S.I. va I.Z. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)