Yangi Zelandiyadagi Styuart oroli qirg‘oqlariga qariyb 150 ta qora delfin otilib chiqdi, deb yozadi “TASS”.
Tabiatni muhofaza qilish departamenti xodimlari voqeadan xabar topganida, jonivorlarning yarmiga yaqini nobud bo‘lib ulgurgan edi. Qolgan delfinlarni ham zaharlab o‘ldirishga to‘g‘ri keldi.
“Bu doim juda og‘ir qaror bo‘lib kelgan, ammo tirik qolgan delfinlar okeanga qaytib keta olishi ehtimoli juda kam: ular sohilga otilib chiqqan joy juda olis, biz esa hodisadan juda kech xabar topdik”, — dedi departament xodimi.
Tabiatni muhofaza qilish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har yili yirik dengiz hayvonlarining ommaviy nobud bo‘lishi bilan bog‘liq qariyb 85 ta holat qayd etiladi.
Izoh (0)