Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisida Ukrainada harbiy holat e’lon qilishni taklif etdi. Bu haqda Meduza — Live Telegram-kanalida xabar berildi.
Oliy Rada ushbu masalani ko‘rib chiqadi.
Agar Oliy Rada harbiy holat joriy etilishini ma’qullasa, u 60 kunga kiritiladi.
Ta’kidlanishicha, Ukraina sharqidagi nizolar boshidan buyon hali biror marta harbiy holat e’lon qilinmagan.
Izoh (0)