Eron va Iroq chegarasida zilzila yuz berdi, oqibatda 500 dan ortiq kishi jabrlandi, deb yozadi “Kommersant”.
Eng katta zarar Eronning Karmonshoh viloyatida kuzatildi, bu yerda aholi 20 dan ziyod aftershoklarni sezdi.
Iroqning Kurdistonida 43 kishi jarohat olgan, ulardan biri kasalxonada vafot etgan.
6,3 magnitudali zilzila 25-noyabr kuni kechqurun qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i Bag‘doddan 175 km masofada joylashdi.
Izoh (0)