O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasining “Rosnano” kompaniyasi bosh direktori A. Chubays boshchiligidagi delegatsiya 24—25-noyabr kunlari Buxoro viloyatida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ta’kidlash joiz, mazkur kompaniya Rossiyada nanotexnologiyalar sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yirik subyekt hisoblanadi.
Tashrif doirasida A.Chubays viloyat hokimi O‘.Barnoyev bilan uchrashdi. Muloqotda mehmonga viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, rossiyalik investorlar bilan hamkorlik loyihalari va ularning samaralari haqida ma’lumot berildi.
Delegatsiya a’zolari Buxoro shahrining tarixiy qadamjolari, diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.
Izoh (0)