Joriy yilning 25-noyabr kuni, soat 07:50 larda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi “Jambul” mahallasida istiqomat qiluvchi oilaning ehtiyotsizligi 84 yoshli nuroniy o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
1934-yilda tug‘ilgan, 1-guruh nogironi R.T. uyi yotoqxonasida joylashgan isitish pechi yonida uxlab qoladi. Oqibatda ko‘rpachasi isitish pechiga tegib tutagan va R.T. kuyish jarohatlarini olib, voqea joyida vafot etgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)