Italiyaning Lechche shahri karabinerlari 26-noyabr, dushanba kuni 41 kishini hibsga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Ular Apuliya janubiy viloyatiga narkotiklar yetkazish va sotish bo‘yicha ikki yirik kanalni tashkil etishda gumonlanmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, hibsga olish uchun chiqarilgan orderlarga ko‘ra, 30 kishi qamoqqa olinishi, yana 11 kishi uy qamog‘iga olinishi lozim. Hibsga olinganlarga narkobiznesni tashkil etish, qurol-yarog‘ saqlash va olib yurish ayblari e’lon qilinmoqda.
Narkosavdogarlar egallab olgan hududlarga Apenin yarim orolining asosiy provinsiyalari — Lechche, Brindizi va Bari kirgan. U yerga kokain, gashish, geroin va marixuana sotish uchun yetkazilgan.
Operatsiya davomida faoliyatidan daromadlar mahalliy mafiya tuzilmasiga kelib tushgan ikki guruhga zarba berilgan.
Izoh (0)