AQSh prezidenti Tramp neft narxi tushgani uchun o‘zini maqtadi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Neft narxi tushayotgani ajoyib (rahmat, prezident). Buni, soliqlar qisqarishi bilan bir qatorda, iqtisodiyotdagi boshqa ijobiy o‘zgarishlar qatoriga qo‘shing. Inflyatsiya pasaydi”, — deb yozdi u.
Brent rusumli neft narxi 27-oktabrdan buyon birinchi marta 59 dollardan pastga tushgani Trampning bu bayonotiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)