“Rosselxoznadzor” inspektorlari Saratov viloyatiga Qozog‘iston orqali olib kelinayotgan 20 tonna o‘zbek quruq mevalarini kiritmadi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Mahsulotlar markirovkasi belgilangan talablarga muvofiq kelmagani bildirilmoqda. Shuningdek, ularda eksportchi va importchi haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilmagan.
Inspektorlar quruq mevalar turkumini Qozog‘istonga qaytarib yubordi.
Izoh (0)