Millatlar Ligasining A divizionida guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga yetdi.
Unga ko‘ra, musobaqaning yarim finaliga to‘rtta terma jamoa yo‘l oldi: Niderlandiya, Shveysariya, Angliya va Portugaliya.
Mazkur 4 terma jamoa musobaqa g‘olibligi uchun Portugaliyada bahsga kirishadi. Yarim final qur’a marosimi 2018-yilning 3-dekabrida Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar esa 2019-yilning 5—9-iyun kunlariga belgilangan.
Musobaqa g‘olibi 7,5 million, finalchi 6,5 million, uchinchi o‘rin sohibi 5,5 million, to‘rtinchi o‘rin egasi esa 4,5 million yevro bilan mukofotlanadi.
Izoh (0)