Osiyo futbol konfederatsiyasi 2018-yilning eng yaxshilari bo‘lishga nomzod futbolchilar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarni e’lon qildi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
Ro‘yxatdan joriy yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan U23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bilan g‘olib bo‘lgan murabbiy — Ravshan Haydarov ham o‘rin oldi. Haydarov “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida sovringa da’vogar sifatida ko‘rsatildi.
Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi 28-noyabr kuni Ummon poytaxti Maskat shahrida bo‘lib o‘tadi.
Osiyoda 2018-yilning “Eng yaxshilari” bo‘lishga nomzodlar ro‘yxati:
“Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi” nominatsiyasiga nomzodlar
Kento Misao (“Kashima Antlers”, Yaponiya)
Yuma Suzuki (“Kashima Antlers”, Yaponiya)
Abdulkarim Hassan (“As-Sadd”, Qatar)
“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” nominatsiyasiga nomzodlar
Samanta Kerr (Avstraliya)
Van Shuan (Xitoy)
Saki Kumagay (Yaponiya)
“Yilning eng yaxshi futzalchisi”
Rafael Xenmi (Yaponiya)
Ali Ashgar Hasanzoda (Eron)
Maxdi Javod (Eron)
“Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi”
Fuka Nagano (Yaponiya)
Moeka Minami (Yaponiya)
Saori Takarada (Yaponiya)
“Yilning eng yaxshi yosh erkak futbolchisi”
Yun Nishikava (Yaponiya)
Chon Se Jin (J.Koreya)
Turkiy Al-Ammar (S.Arabistoni)
“Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi”
Asako Takakura (Yaponiya)
Miyo Okamoto (Yaponiya)
Nuengrutai Sratongvian (Tailand)
“Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi”
Bosim Hamdan (Iroq)
Go Oiva (Yaponiya)
Ravshan Haydarov (O‘zbekiston)
Izoh (0)