Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Sklifosofskiy nomidagi ilmiy tekshirish institutiga yotqizildi, deb yozadi Meduza.
Yanukovich 16-noyabr kuni kechqurun harakatsiz holatda klinikaga keltirilgan. U Moskva viloyatidagi kortlardan birida tennis o‘ynash davomida umurtqasidan jiddiy jarohat olganligi gumon qilinmoqda. U jonlantirish bo‘limiga yuborilgan, bir necha soatdan keyin esa u yerdan allaqanday xususiy klinikaga o‘tkazilgan.
Keyinroq Yanukovichning klinikaga yotqizilganligi haqidagi ma’lumotni institut ham tasdiqlagan.
Izoh (0)