16-noyabr sanasida futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Urugvay termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
O‘yin taqdirini 76-daqiqada Neymar tomonidan kiritilgan gol hal etdi. ESPN xabariga ko‘ra, bu Neymarning Braziliya terma jamoasi safidagi 60-goli bo‘ldi. PSJ hujumchisi buncha golni urish uchun 95 ta o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
Ma’lumot uchun, Neymar Braziliya terma jamoasi tarixida uchinchi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Undan oldinda Ronaldo (62 ta gol, 98 ta o‘yinda) va Pele (72 ta gol, 92 ta o‘yin) bor.
Izoh (0)