Hukumat qarorlari bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiallari tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Qarorlar bilan mazkur filiallarning tuzilmasi hamda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi.
2019–2020-o‘quv yilida har bir filialga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.
2020–2021-o‘quv yilidan boshlab esa mazkur filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Izoh (0)