Chexiya BMT migratsiya bitimini imzolamaslikka qaror qilgan AQSh, Vengriya va Avstriyaga qo‘shildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Chexiya hukumati tegishli qarorni 14-noyabr kuni ertalab qabul qilgan.
“Chexiya uzoq vaqt davomida qonuniy va noqonuniy migratsiyaning ajratilishi tamoyili tarafdori bo‘lib kelgan”, — dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Richard Brabetsga tayanib.
Uning ta’kidlashicha, bitimning yakuniy matni ushbu intilishlarni aks ettirmaydi.
Izoh (0)