Toshkent qamoqxonasidagi so‘roq chog‘ida poytaxt bozorlaridan birining rahbari vafot etdi. Bu haqda marhumning qarindoshlariga tayanib, UPL24 ma’lum qildi.
U joriy yil 12-noyabr kuni olamdan o‘tgani taxmin qilinmoqda.
43 yashar Dilshod Abdullayev “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ bo‘limlaridan birining rahbari edi. U kamomadda gumon qilinib, qo‘lga olingan va 97 kundan beri “Toshturma”da edi.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Abdullayev o‘z joniga qasd qilgan. Biroq mazkur holat yuzasidan hozircha rasman izoh berilmadi.
Izoh (0)