Malayziya, Bangladesh, Xitoy, Fransiya va shu kabi qator davlatlarning “Dunyo sufiylari markazi” dasturiga muvofiq, Naqshbandiya tariqatining 200 ga yaqin ulamolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti mutaxassislari mehmonlarning Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasidagi Usmon Mus’hafi, Buxorodagi Yetti Pir majmuasi, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmualariga ziyorat safarlari uchun amaliy ko‘mak bermoqda.
Ziyoratchilarning sayohatlari davom etmoqda.
Izoh (0)