Belgiyada tashrifda bo‘lgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Sen-Simforyen harbiy qabristoniga yo‘lda avariyaga uchradi. Bu haqda 9-noyabr kuni Mirror xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Mashinada Mey bilan birga Belgiya bosh vaziri Charlz Mishel ham bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Hodisa oqibatida har ikkala siyosatchi ham jabrlanmagan, biroq ikki politsiyachiga jarohat yetgan.
Avariya shoshilinch manyovr qilishga majbur bo‘lgan mototsiklchining aybi bilan sodir bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.
Politsiya avariyani baxtsiz hodisa deb atadi.
Izoh (0)