Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Maxachqal’a meri vazifasini bajaruvchi Abusupyan Gasanovni qo‘lga oldi, deb yozadi Meduza. Gasanov shahar budjetidan 40 million rubl mablag‘ni o‘marganlikda gumon qilinmoqda.
Unga nisbatan xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish haqidagi modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gasanov yo‘l-qurilish ishlarini bajarish uchun auksion o‘tkazishda vakolat doirasidan chetga chiqqanlikda gumonlanmoqda.
Abusupyan Gasanov 2018-yil yanvarida Maxachqal’a meri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangan edi. Undan avvalgi mer — Musa Musayev yer maydonlarini ajratishda xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblanib qo‘lga olingan. 15-oktabr kuni sud Musayevni to‘rt yillik koloniyaga hukm qildi.
Izoh (0)