Rossiyaning Voronej shahrida 89 yoshli ayolning qarindoshlari uning boshqa oyog‘ini kesib tashlagan shifokorlar ustidan shikoyat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Jabrlangan ayolning o‘g‘li tomonidan ma’lum qilinishicha, 2018-yilning 4-noyabrida onasinining oyog‘ining pastki qismini amputatsiya qilish bo‘yicha Voronej shahar klinikasida operatsiya bo‘lib o‘tgan. Ayol klinikaga shoshilinch tartibda yotqizilgan.
Biroq operatsiyadan keyin o‘g‘il ayolning o‘ng emas, balki chap oyog‘i kesilganini ko‘rgan. Shundan keyin erkak huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilgan.
Izoh (0)