AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida o‘zidan avvalgi prezident — Barak Obama Rossiyaning Qrimni o‘ziga qo‘shib olishiga qo‘yib berganini aytdi, deb yozadi “RBK”. Bu haqda u jurnalistning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Xelsinkidagi suhbat haqida bergan savoliga javoban aytib o‘tdi.
“Biz xavfsizlik, Suriya, Ukraina haqida ko‘p gapirdik. Prezident Obama Ukrainaning katta qismini qo‘shib olishga qo‘yib bergani haqida (gaplashdik)”, — dedi u. Jurnalist aynan Putin “Qrimni bosib olgani”ni ta’kidladi. “Bu Obamaning rejimi edi. Bu Obama davrida bo‘lgan, shundaymi? Mening (prezidentlik) davrimda emas. Obama buning yuz berishiga qo‘yib bergan. Buning menga hech qanday aloqasi yo‘q”, — dedi Tramp.
Amerika yetakchisi avvalroq ham Obamani Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishida ayblagan edi. Tramp 2014-yilda u prezident bo‘lganida bu sodir bo‘lmagan bo‘lishini aytgandi. Prezident hodisa “Obamaning falokati” bo‘lganini qo‘shib qo‘ydi.
Izoh (0)