Chimkentda “Qozog‘iston palovi” festivalida bir tonnaga yaqin palov tayyorlandi. Uni istagan odam bepul tatib ko‘rishi mumkin bo‘ldi, deb yozadi “Tengrinews”.
Oshpazlarda yosh bo‘yicha cheklov yo‘q edi, ulardan eng yoshi 17 yoshda edi. Taomni tayyorlashda palov bo‘yicha mahalliy mutaxassislar bilan birga toshkentlik mohir oshpazlar ham ishtirok etdi.
Oshni tayyorlashga uch soat vaqt berildi. Unga turli masalliqlar qo‘shildi: kimdir oshga bedana tuxumi va kurka go‘shti qo‘shsa, yana kimdir ot go‘shti va anor sharbatidan foydalandi.
“Chimkentcha” palov tomoshabinlarning alohida e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Uning muallifi so‘zlariga qaraganda, taomning asosiy masallig‘i — yaxshi kayfiyat.
Izoh (0)