Rossiya, Turkiya, Fransiya va Germaniya yetakchilari 27-oktabr kuni Istanbulda muzokaralar o‘tkazdi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya prezidenti kelajagini mamlakat xalqi belgilashi lozimligini ta’kidladi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Bir vaqtning o‘zida, Vladimir Putin Rossiya Asadga Idlib viloyatida terrorchilarni yo‘q qilishda yordam berishi mumkinligini bildirdi.
Fransiya prezidenti Fransua Makron Idlibda harbiy operatsiyaga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, bu qochoqlarning yangi to‘lqinini keltirib chiqarishini ma’lum qildi.
Izoh (0)