Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

New Horizons zondi jamoasi Pluton orbitasida orbital platforma yaratish bo‘yicha dastlabki rejalarini taqdim etdi. Platforma mukammal “gravitatsion” dvigatel tufayli bir vaqtning o‘zida sayyoraning barcha yo‘ldoshlarini o‘rganadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

New Horizons missiyasi rahbarining aytishicha, Pluton va uning yo‘ldoshlarini bir vaqtning o‘zida tadqiq qilishga qaror qilingan.

2015-yilning iyul oyida mazkur zond Pluton tizimiga yetib borgan hamda kichik sayyoradan 13 ming kilometr masofada uchib o‘tib, uning yuzasi va yo‘ldoshlarining batafsil suratlarini olgan. Bu tasvirlarda odamzot ilk marta Plutonning mashhur “yuragi”ni, yo‘ldosh tekisligini, shuningdek, o‘ziga xos muz daryolari va vulqonlarning izlarini ko‘rdi

Bu tasvirlar va ma’lumotlar insoniyatning Pluton haqidagi tasavvurlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Sayyora yuzasi doimiy o‘zgarib turadigan juda murakkab va “tirik” dunyo bo‘lib chiqdi.

2017-yilda jamoa missiyaning oraliq natijalarini sarhisob qilib, sayyoraga yana bitta zondi yuborish haqida o‘ylab qolgan. Bu safar zond uning atrofidan shunchaki uchib o‘tishi emas, balki uni barqaror orbitadan o‘rganishi kerak bo‘ladi. Missiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, NASA zond emas, balki Marsda yuruvchi Curiosity’ga o‘xshash apparat jo‘natsa, bu o‘ta maqbul qaror bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi