AQSh geologik xizmati mamlakat hududida joylashgan, otilishi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan 18 vulqon ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, eng ko‘p xavfli vulqon Alyaska shtatida joylashgan — beshta. Undan keyin Vashington, Oregon (to‘rttadan) va Kaliforniya (uchta) keladi. Qolgan ikki vulqon Gavayi shtatida joylashgan.
Ro‘yxat boshida Gavayida joylashgan Kilauea vulqoni turibdi. U Yer sayyorasidagi eng xavfli tirik vulqonlardan biri hisoblanadi.
Izoh (0)