O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari xodimlari respublika bo‘ylab paxta yig‘im-terimi ayni qizg‘in pallasiga kirgan kunlarda paxta terimchilari hamda hasharchilariga dalda bo‘lish, ularning madaniy hordiq chiqarishiga ko‘maklashish maqsadida Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatiga ijodiy safarlar uyushtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.
Jumladan, 2018-yil 24-oktabr kuni Agentlik tizimidagi Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi “Yallama-Mirishkor” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta terimida qatnashayotganlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev va bolalar yozuvchisi Shukrullo Abdullayev faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
Tadbirda faxriy mehmonlar tomonidan ilg‘or terimchilarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari va nashriyot tomonidan yangi chop etilgan kitoblar taqdim etildi.
Shu bilan birga arzonlashtirilgan kitob savdo-yarmarkasi tashkil qilindi.
Izoh (0)