Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi “Chorsu” bozori (“Eski Juva dehqon bozori” kompaniyasi)ning davlat oldidagi qarzdorliklarini aniqladi. Bozor egalari elektr ta’minoti xizmatlari uchun 2 milliard so‘mdan ortiq to‘lovlarni amalga oshirmagan. Bu haqda MIBdagi manbaga asoslanib, Repost xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, “Chorsu” bozori so‘nggi to‘rt yil davomida elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulanib, davlatga zarar yetkazgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilishlaricha, bozorning bank hisob-raqamlari muzlatib qo‘yilgan. Hisob-raqamlarda bo‘lgan 172 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkazilgan. Bundan tashqari, MIB xodimlari bozor mol-mulkini xatlovdan o‘tkazib, uni 11 milliard so‘mga baholagan.
“Agar qarzdorlik yopilmasa, yetishmayotgan mablag‘ mol-mulkning bir qismini musodara qilish hisobidan undiriladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)