Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevroparlament ko‘pchilik ovoz bilan bir martalik plastik mahsulotlarga taqiq kiritishni qo‘llab-quvvatladi. Tegishli qaror 24-oktabrda qabul qilindi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Taqiq ostiga bir martalik plastik mahsulotlar, xususan, plastik naychalar, quloq tozalagichlar, taqsimchalar tushadi.

Bir martalik plastiklardan foydalanishni qisqartirish taklifi bilan joriy yilning may oyida Yevrokomissiya chiqqan. Bundan tashqari, Yevrokomissiya ovqat uchun plastik konteynerlar va stakanlarni qisqartirishni ham taklif qilmoqda.

Qonun qabul qilingan taqdirda mazkur mahsulotlarning ishlab chiqaruvchilari ekologiyaga yetkazilgan zararni qoplashga majbur bo‘lishi mumkin. Iste’molchilar esa nam salfetkalar, sigaret filtrlari, plastik qadoqlar va polietilen paketlar atrof-muhitga qanday ta‘sir qilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.

Endi Yevrokomissiya Ittifoqning a’zo mamlakatlari bilan taqiqni joriy qilish yuzasidan muzokaralar boshlashi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)