Checheniston poytaxti Grozniy shahrida 12 mamlakatning 130 nafardan ortiq vakili ishtirokida Mahmud Esambayev nomidagi X Xalqaro raqs tanlov-festivali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Uz24.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, festivalda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi ikkinchi bosqich magistranti, “Nihol-2017” davlat mukofoti sovrindori Sherzod Kenjeboyev ham ishtirok etgan.
Xalqaro festival hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Sherzod Kenjeboyev “Yakkaxon raqs” nominatsiyasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)