Rossiya BMTga O‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomani saqlab qolishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya loyihasini kiritadi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Bugun BMT Bosh Assambleyasining birinchi qo‘mitasida Rossiya Federatsiyasi shartnomani saqlab qolishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya loyihasini kiritadi. Mamlakatlar, jumladan AQSh ittifoqchilari bunday vaziyatda o‘zini qanday tutishini ko‘ramiz”, — dedi Ryabkov.
U, shuningdek, Rossiya tomoni Vashingtonning noroziligiga sabab bo‘lgan 9M729 raketasi sinovlari haqidagi to‘liq ma’lumotni AQShga taqdim etganligini ma’lum qildi. Ryabkovning so‘zlariga qaraganda, raketa shartnomasini saqlab qolish mavzusi Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashuvining asosiy mavzularidan biri bo‘ladi.
Izoh (0)