Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Borovskiy tibbiyot kollejining ikki o‘quvchisiga nisbatan Ecopark’da erkak kishiga pichoq bilan hujum qilgani uchun uch yil ozodlikdan cheklash haqida hukm chiqardi. Bu haqda “Sevimli” kanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“Biz bir kishi bilan to‘qnashib ketdik. Men uni avval tanimas edim. Yo‘limda davom etayotganimda u meni chaqirdi. Pichoqqa kelsak, u suvenir edi. Janjaldan keyin bir-birimizni urib ketdik”, — deydi janjal ishtirokchilaridan biri.
Janjalning ikkinchi ishtirokchisi esa erkakning qo‘li va oyog‘iga uch marta pichoq bilan urganini aytib berdi.
Jabrlanuvchi operatsiya qilingan. U janjalning faqat bir ishtirokchisi ustidan shikoyat qilganini aytib o‘tgan.
Sud o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “ye” va “k” moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topgan va ularga nisbatan uch yilgacha ozodlikni cheklash bo‘yicha hukm chiqargan.
https://www.facebook.com/Zamontv/videos/2120948087971502/?__xts__[0]=68.ARBb4x0heZ3XPE6ld2ygFhiW4Re4Swbo1ERAZ9vSoDercPCpsuOdaSdssMIx4rMa5rYSoUGtnxRnqg87tQgPDgFAwq2H4kSaMlVd5pkU41bH2dWNdsP3iO6xYUDNXRzXfbYasGY744YkqklQtg6U57q-dHLtYZDT6jyGUdUjhrwjmvP_3gP6yWNrqhnbsf3SKAcHgPpYd09tm_oEmGZ4BYWJstqNR9-N8iWn&__tn__=-R
Izoh (0)