Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2018-yil 21-oktabr kuni soat 20:00da Toshkent shahrining Uchtepa tumani, Izza dahasida joylashagan “Power auto gas” MChJga qarashli avtomashinlarga gaz qo‘yish shoxobchasida VAZ 2106 rusumli avtomashina gaz balloni yorilib, portladi. Bu haqda tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Nuriddin Zaynitdinov

Foto: Facebook / Nuriddin Zaynitdinov

Surxondaryolik Sh.M. boshqaruvidagi Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan, 80 litr hajmdagi metan gaz uskunasi o‘rnatilgan, 2018-yil aprel oyida texnik ko‘rikdan o‘tgan mashina orqa qismi va kuzov detallari bo‘laklarga ajralib, turli tomonlarga sochilib ketgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda Uchtepa tumani, 31-mavzeda istiqomat qiluvchi 296-maktabning 9-sinf o‘quvchisi B.B. “o‘ng oyoq son tepa qismi urilib shilingan yarasi” jarohati olganligi aniqlangan. Voqea joyida unga birinchi yordam ko‘rsatilgan, kasalxonaga murojaat qilinmagan.

Foto: Facebook / Nuriddin Zaynitdinov

Foto: Facebook / Nuriddin Zaynitdinov

Shoxobchaga sodir bo‘lgan joyga tegishli xizmatlar vakillari yetib borib, MChJ texnik xodimlari bilan birga atrof o‘ralib, fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi