O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovini e’lon qiladi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita vakillari ma’lum qildi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad xotin-qizlar innovatsion g‘oyalari, loyihalari va ishlanmalarini joriy etishlarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlovda olima, o‘qituvchi, ixtirochi, muhandis, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmatsevt, mutaxassis, tadbirkor va hunarmand ayollar xamda iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lgan xotin-qizlarning hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan 2018 yilning 15 noyabrigacha qabul qilinadi.
Tanlovda yosh bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.
Izoh (0)