Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistonda 112,6 mingta o‘lim qayd etilgan, deb yozadi O‘zA.
Mos ravishda ming nafar aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaydi (2017-yilning yanvar—sentabr oylarida 4,8 promille bo‘lgan).
2018-yilning yanvar—sentabr oylarida qayd etilgan:60,7 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan,9,5 foizi - o‘simtalardan,6,3 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,5,5 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan,4,1 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan,1,5 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan,12,4 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni tashkil etadi. Ular:60,8 foizi - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan,16,6 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan,11,7 foizi - tug‘ma anomaliyalardan,2,2 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,2,2 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan,0,8 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan,5,7 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Izoh (0)