Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatida noyob metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi obyekt foydalanishga topshirildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Mazkur uchastka ishga tushirilgan 5-kon boshqarmasining asosiy mahsuloti uran kimyoviy konsentrati hisoblanadi.
Obyektni ishga tushirish uchun kombinat tomonidan 9 milliard so‘m sarflandi. Bu yerda ittriy, terbiy va skandiy kabi noyob metallar kimyoviy konsentratlarini ishlab chiqarish va uran qazib olish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati tug‘iladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yil boshidan beri 106,9 million dollarlik uran eksport qildi. Mamlakat AQShga uran yetkazib beruvchi davlatlar orasida beshinchi o‘rinni egallaydi.
Izoh (0)